Joriy yilning 23-sentyabr kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov raisligida sohaga oid dolzarb masalalar muhokama qilinib, amalga oşirilayotgan islohotlar tahlil etildi. Madaniyat vazirligida ötkazilgan yiğilişda vazirlik markaziy apparati vakillari hamda tizim taşkilotlari rahbarlari oflayn va onlayn formatda iştirok etdi.
Yiğilişda sohaga oid qaror va farmonlar, şuningdek, hukumat topşiriqlari ijrosini ta’minlaş, belgilangan vazifalarni sifatli va öz vaqtida amalga oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Vazir Ozodbek Nazarbekov sohada boşlangan islohotlarni izçil davom ettiriş, madaniyatning jamiyat hayotidagi örni va ta’sirini yanada oşiriş, yangi taşabbuslarni işlab çiqiş va amalga oşirişda yuqori salohiyatli kadrlarni jalb etiş muhimligini ta’kidladi.
“Prezidentimizning tegişli qaror va farmonlari, şuningdek, hukumat topşiriqlari ijrosini ta’minlaş, sohada boşlangan islohotlarni izçil davom ettiriş har birimizdan yuksak mas’uliyat va intizomni talab etmoqda.Şu bois, sönggi vaqtlarda vazirlik tizimida kadrlar siyosatiga yangiça yondaşilmoqda. Öz sohasining bilimdoni, tajribali va yuksak salohiyatga ega mutaxassislar asosiy yönalişlar boşqaruviga jalb etilmoqda”, — dedi vazir.
Yiğiliş davomida taşkiliy masalalar ham körib çiqilib, vazirlikning qator mas’ul lavozimlariga tayinlovlar amalga oşirildi.
Jumladan:
Ahmedov Şahrişod Burxonoviç — Vazir maslahatçisi — Moliya-iqtisodiyot departamenti boşliği; (Tayinlovga qadar, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat hokimiyati, boşqaruv, sud va prokuratura organlari faoliyatini moliyaviy ta’minlaş departamenti Respublika ijro etuvçi organlar faoliyatini moliyaviy ta’minlaş bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.)
Rahimov Komiljon Botiroviç — Inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş bölimi boşliği; (Tayinlovga qadar, Özbekiston davlat filarmoniyasi boş direktori örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.)
Iminov Asadulla Abdulatipoviç — Içki audit bölimi boşliği; (Tayinlovga qadar, Madaniyat vazirligining Içki audit bölimi boş mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.)
Yusupova Sanobar Maqsadovna — Yuridik bölim boşliği; (Tayinlovga qadar, Toşkent davlat tibbiyot universiteti yuridik bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.)
Jörayev Otabek Alimoviç — Teatr va sirk san’ati sohasini rivojlantiriş bölimi boşliği; (Tayinlovga qadar, Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi direktori örinbosari-badiiy rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.)
Qodirov Şohruhmirzo Ramzoviç — Kinematografiya sohasi faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi boşliği; (Tayinlovga qadar, Madaniyat vazirligining Ijodkor yoşlar bilan işlaş bölimi boş mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.)
Kulaximedov Bekxöja Kembay öğli — Investitsiyalarni jalb qiliş va davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş bölimi boşliği; (Tayinlovga qadar, Madaniyat vazirligining Investitsiyalarni jalb qiliş va davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş bölimi boş mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.)
Jonibekov Azizbek Aşuroviç — Xöjalik işlari bölimi boşliği lavozimiga tayinlandi. (Tayinlovga qadar, Madaniyat vazirligining Xöjalik işlari bölimi boş mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.)
Vazir yangi tayinlangan rahbarlarga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tilab, ularning soha rivojiga munosib hissa qöşişiga işonç bildirdi. Şuningdek, yiğilişda yangi tayinlangan rahbarlarning faoliyatiga oid ustuvor vazifalar ham belgilab berildi.
Moliya-iqtisodiyot yönalişi böyiça 2026–2030-yillarda ajratiladigan mablağning öz vaqtida ajratilişi va maqsadli sarflanişi ustidan qat’iy nazorat örnatiş, 2027-yildan respublika byudjetidan moliyalaştiriş tizimini yölga qöyiş hamda investitsiya va grantlarni jalb qiliş mexanizmlarini rivojlantiriş vazifalari belgilandi.
Inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş bölimiga kadrlar siyosatiga zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş, yuqori bilim va salohiyatga ega mutaxassislarni tizimga jalb qiliş, hududiy madaniyat bölimlari rahbarlari bilan boğliq kadrlar masalalarini belgilangan tartibda taşkil etiş, şuningdek, xodimlarni mahalliy va xorijiy malaka oşiriş dasturlariga keng jalb etiş topşirildi.
Teatr va sirk san’ati yönalişida nodavlat teatr va teatr-studiyalar sonini 2028-yilda 50 taga yetkaziş, teatr sohasida xususiy sektor iştirokini oşiriş, nodavlat teatrlarni qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini amaliyotga joriy etiş hamda sohadagi tegişli qarorlar ijrosini kuçaytiriş vazifalari belgilandi.
Kinematografiya sohasida 103-son Farmonda belgilangan vazifalarni sifatli va öz vaqtida bajariş, kino sohasini rivojlantirişga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini takomillaştiriş hamda “Özbekfilm” faoliyatiga oid belgilangan vazifalar ijrosini muvofiqlaştiriş topşirildi.
Investitsiyalarni jalb qiliş va davlat-xususiy şeriklik yönalişida barça hududlarda bittadan bolalar musiqa va san’at maktabini davlat-xususiy şeriklik asosida taşkil etiş, “Madaniyat mehmonxonasi” madaniy klasterlari böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, DXŞ asosida taşkil etiladigan madaniyat markazlari böyiça işlarni jadallaştiriş vazifalari qöyildi.
Yuridik bölimga madaniyat sohasiga oid qonunçilikni takomillaştiriş, jumladan, “Madaniy faoliyat va madaniyat taşkilotlari töğrisida”gi hamda “Mualliflik töğrisida”gi qonunlarni takomillaştiriş, “Kinematografiya töğrisida”gi qonun loyihasini işlab çiqiş işlarini jadallaştiriş topşirildi.
Xöjalik işlari bölimiga tizim taşkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş işlarini taşkil etiş, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qiliş hamda madaniyat muassasalarini kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş vazifalari yuklatildi.
Yiğiliş yakunida barça mas’ul rahbarlarga belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga oliş, zarur hollarda tegişli bölimlar bilan hamkorlikda iş olib boriş topşirildi.