BIZ KORRUPSIYAGA QARŞIMIZ
Korrupsiya illati bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvçi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kuraşiş kerak. Şuning uçun har bir davlat idorasida jamoatçilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça öz içki dasturi bölişi şart.
Şavkat Mirziyoyev
Korrupsiya şaxsning öz mansab yoki xizmat mavqeidan şaxsiy manfaatlarini yoxud özga şaxslarning manfaatlarini közlab moddiy yoki nomoddiy naf oliş maqsadida qonunga xilof ravişda foydalanişi, xuddi şuningdek bunday nafni qonunga xilof ravişda taqdim etişidir. Korrupsiyaga qarşi kuraş har taraflama taraqqiy etgan davlatning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Korrupsiya, xuddi temirdagi zang kabi davlat boşqaruvi tizimini çiritişi, unga putur yetkazişi, davlat xizmati va davlat xizmatçilariga salbiy munosabatni vujudga keltirişi, hokimiyat nufuzi yöqolişiga olib keladi.
Poraxörlik yoki korrupsiya harakatlari şaxsga uning öz vazifalarini bajarişida ta’sir körsatiş va uni yuz bergan vaziyatlarda yuqori ma’naviy odam nohalol deb hisoblaydigan xatti-harakatlarga oğdiriş maqsadini közlab amalga oşiriladi. Poraxörlikning ijtimoiy xavfi şundaki, pora oliş mansabdorning öz vazifasini bajarişining örnatilgan tartibini keskin özgartiradi va bu bilan u odamlar orasida davlatning ham obrösini tuşiradi.
Pora oliş yoki beriş, bu borada vositaçilik qiliş korrupsiyaning bir körinişidir. Hokimiyat va boşqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obrösiga putur yetkazadigan bu illat fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan xavfli jinoiy hodisaning köproq tarqalgan va öziga xos turi hisoblanadi.
Korrupsiyaga berilgan mansabdorlar şaxsiy boylik orttirişni va uruğ-aymoqlarining manfaatlarini davlat manfaatidan ustun qöyadi. Bu esa davlatning konstitutsiyaviy mezonlarini, jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemiradi, jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yöqqa çiqaradi, amalga oşirilayotgan özgarişlarga salbiy munosabat vujudga kelişi uçun şaroit yaratadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiya muammosiga qarşi kuraş masalasiga jiddiy e’tibor qaratib kelinayotir. Ötgan davr mobaynida korrupsiya va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş hamda uning oldini olişga qaratilgan mustahkam huquqiy baza va tizimli amaliyot şakllandi. Korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir qança qarorlari qabul qilingan.
Özbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarşi kuraş töğrisida”gi Qonuni 2017-yil 4-yanvarda kuçga kirdi. Uşbu Qonun va kodeksdagi taalluqli moddalarga muvofiq jismoniy şaxslar tomonidan pora berib öz tomoniga oğdiriş ozodlikdan mahrum qiliş va/yoki jarimalar soliş bilan jazolanadi.
Xalqimizning tom ma’nodagi adolat qaror topgan jamiyatda yaşaşi uçun nafaqat mas’ul şaxslar, balki har bir fuqaro öz hissasini qöşişi şart. Bu fuqarolarimizda korrupsiyaga, aniqroq aytganda, har qanday qonunbuzarlikka nisbatan murosasizlik kayfiyati, madaniyati şakllanişiga ham boğliq. Çunki har qanday qonunbuzarlik sodir etilişiga, köpa- yişiga köp hollarda fuqarolarimizning befarq ligi, loqaydligi sabab bölmoqda. Barçaning yakdilligi, yurt taqdiriga daxldorligi kuçayişi har qanday illatning batamom barham topişiga xizmat qiladi.