Xodimlar uçun içki mehnat tartib qoidalari
1. Umimiy qoidalar
1.1. Içki mehnat tartibining uşbu qoidalari Mehnat kodeksiga, mehnat töğrisidagi boşqa qonun xujjatlariga muvofiq işlab çiqilgan va mehnat şartnomasini tuziş, özgartiriş va bekor qilişni, iş vaqti va dam oliş vaqtidan foydalanişni, mehnat intizomini hamda iş beruvçi bilan xodim örtasida yuzaga keladigan boşqa huquqiy munosabatlar masalalarni tartibga soladigan asosiy qatiy me’yoriy xujjat hisoblanadi.
1.2. Qoidalar muassasaning kasaba uyuşma kömitasi bilan kelişib tasdiqlangan kundan boşlab kuçga kiradi va muassasada qöllaniladi.
1.3. Qoidalarga rioya qiliş iş beruvçilar va xodimlar uçun majburiy hisoblanadi, uni bajarmaslik qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiş uçun asos bölib xizmat qilişi mumkin.
1.4. Iş beruvçining asosiy majburiyatlari.
1.4.1.Xodimlarning mehnatini taşkil etiş.
1.4.2. Qonun xujjatlari va boşqa meyoriy xujjatlarda, mehnat şartnomasida közda tutilgan mehnat şart- şaroitlarini yaratiş;
1.4.3. Xodimga u bajargan iş uçun muassasada belgilangan mehnatga haq tölaş şartlariga muvofiq öz vaqtida va töliq hajmda haq tölaş.
1.4.4. Mehnat va işlab çiqariş intizomini, mehnatni muhofaza qiliş şart-şaroitlarini ta’minlaş.
1.4.5. Qonunçilikka jamoa va mehnat şartnomasiga muvofiq xodimlar tomonidan dam oliş huquqini amalga oşirişni, ularga kafolat va badal tölovlari tölanişini ta’minlaş.
1.4.6. Mehnat majburiyatlarni bajarilişi munosabati bilan unga yetkazilgan zarar uçun xodimga haq tölaş.
1.4.7. Xodimlarning vakolatli organlari hisoblangan kasaba uyuşma qömitasi xuquqlariga rioya qiliş, ularning faoliyatiga kömaklaşiş, mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar böyiça muzokaralar olib boriş;
1.4.8. Mehnat Kodeksiga muvofiq jamoa şartnomalarini tuziş.
1.5. Xodimning majburiyatlari:
1.5.1.Özining xizmat vazifalarini vijdonan bajariş;
1.5.2. Mehnat intizomiga rioya qiliş, iş beruvçining qonunga muvofiq keladigan farmoyişlari va körsatmalarini öz vaqtida hamda aniq bajariş;
1.5.3. Mehnatni muhofaza qiliş, xavfsizlik texnikasi va işlab çiqariş sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qiliş;
1.5.4.Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda böliş;
1.5.5. Mehnat jamoasining a’zolari, öqituvçi, öquvçi va iş jarayonida aloqa qiladigan boşqa şaxslar ota-onalar bilan xuşfe’l munosabatda böliş.
II. Mehnat şartnomasini tuziş, özgartiriş va bekor qiliş tartibi
2.1. Işga qabul qiliş, iş beruvçiga töğridan-töğri murojaat qiliş yoki bandlik böyiça tuman bölimining bepul vositalari orqali amalga oşiriladi.
2.2. Işga kiriş huquqidan 16 yoşga tölgan şaxslar foydalanadilar.
Uşbu modda kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarni tamomlaganlarga taaluqli.
2.3. Işga qabul qilinayotganda işga kiruvçi quyidagi xujjatlarni takdim etişi şart:
2.3.1. Pasport (yoki uning örnini bosuvçi hujjat), 16 yoşga yetmagan şasxlar esa tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma va yaşaş joyidan ma’lumotnoma.
Çet el fuqarolari, pasportdan taşqari Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasini taqdim etişlari şart. Fuqaroligi bölmagan şasxlar esa fuqaroligi yöq şaxsning guvohnomasi va Özbekiston Respublikasida yaşaş uçun guvohnomasini taqdim etadilar.
2.3.2. Işga birinçi marta kirayotgan şaxslardan boşqalar mehnat daftarçasini taqdim etadilar.
Örindoşlik yöli bilan işga kirayotgan şaxs mehnat daftarçasining örniga asosiy iş joyidan ma’lumotnoma taqdim etişi kerak;
2.3.3. Harbiy bilet harbiy xizmatçilar uçun yoki ularga berilgan vaqtinçalik guvohnoma (armiyaga çaqiruvçilar uçun);
2.3.4. Bajariş uçun qonunçilikka muvofiq faqat maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bölgan şaxslargina qöyilişi mumkin bölgan işga kiriş paytida ma’lumot töğrisida Davlat namunasidan hujjat;
2.3.5. 14 yoşdan 16 yoşgaça bölgan şaxs işga kirayotganida ota-onasidan birining (yoki uning örnini bosuvçi şasxning) yozma roziligi.
Iş beruvçi işga kirayotgan şaxsdan boşqa hujjatlarni talab qilişga xaqli emas.
2.4. Quyidagi xollarda işga qabul qilinişga yöl qöyilmaydi:
2.4.1. Mazkur qoidalarning 2.3-bandida körsatilgan hujjatlarni taqdim qilmagan şaxslar;
2.4.2. 14 yoşga tölmagan şaxslar;
2.4.3. Tibbiy körikdan ötiş qonunçilikda közda tutilgan hollarda tibbiy körikdan ötmagan, şuningdek, tibbiy xulosaga muvofiq mazkur işni bajarişga soğligining holati yöl qöymaydigan xodimlar;
2.4.4. Sud xukmiga köra muayyan lavozimni egallaş yoki uning bajarişi taqiqlangan işda muayyan faoliyat bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan şasxlar;
2.4.5. Agar ularning işi bevosita böysiniş yoki birining ikkinçisi nazorati ostida böliş bilan boğliq bölsa, özaro yaqin qarindoş bölgan şaxslar (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, öğillar, qizlar, er-xotinlar, şuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari);
2.4.6. Qonunçilikda közda tutilgan boşqa hollarda.
2.5. Işga kiruvçining işga qabul kiliş töğrisidagi murojaati maxsus hisob daftarida röyxatga olinişi, raqamlanişi, tikilişi va muassasaning muhri bilan tasdiqlanişi kerak, u kadrlar bölimida,devonxonada, rahbarning qabulxonasida, iş beruvçi tomonidan belgilangan boşqa joyda saqlanadi.
2.6. Mehnat şartnomasi tomonlarining kelişuvlar böyiça muzokaralarida quyidagi holatlar belgilab olinadi:
iş joyi;
işga kiruvçining mehnat majburiyatlari, u işlaydigan ixtisoslik, malaka, lavozimi;
mehnatga haq tölaşning miqdori va şartlari;
mehnat şartnomasini muayyan muddatga tuziş vaqtida uning amal qiliş muddati (5 yilgaça öqituvçilar, texnik xodimlar-nomuayyan);
işni boşlaş kuni;
örindoşlik böyiça işga qabul qiliş paytida har kungi işning davomiyligi;
mehnat ta’tili.
2.7. Agar mehnat şartnomasida uning amal qiliş muddati körsatilmagan bölsa, u nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
2.8. Faqat quyidagi hollarda muddatli mehnat şartnomalari tuzilişi mumkin:
- taklif qilinayotgan iş muddatli xarakterda bölmasa;
- işni bajariş şartlari ayni muddatli mehnat şartnomasi tuzişni talab qilsa;
- xodim ana şunday şartnoma tuzişdan manfaatdor bölsa.
2.9. Işga qabul qilinayotgan xodim bilan mehnat şartnomasi bir xil kuçga ega bölgan, kamida 2 nusxada yozma şaklda tuziladi va tomonlarning imzolari bilan tasdiqlanadi, rahbar öz muxri bilan tasdiqlaydi.
Xodimning talabiga köra mehnat şartnomasi u bilgan tilda tuziladi va Davlat tilida tuzilgan şartnoma nusxasi bilan bir xil yuridik kuçga ega böladi.
2.10. Xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasi uni tomonlar imzolagan paytdan boşlab kuçga kiradi.
2.11. Mehnat şartnomasi tuzilganidan keyin iş beruvçi şartnomasini mazmuniga aniq muvofiqlikda işga qabul qiliş töğrisida buyruq çiqaradi va xodimga imzo qöydirilgan holda undan xabardor qiladi.
2.12. Iş beruvçi quyidagi hollarda işga qabul qilişdan boş tortişga haqli emas:
iş beruvçining özi tomonidan işga qabul qilingan şaxslarni;
nogironlarni, 18 yoşdan yoş bölgan şaxslarni va Davlat hokimiyati organi tomonidan muassasaga belgilangan eng kam miqdordagi iş örinlari hisobiga işga mahalliy mehnat organlari yuborgan şaxslarni;
homilador ayollarni va 3 yoşgaça bolalari bölgan ayollarni.
2.13. Xodim iş beruvçidan işga qabul qiliş rad etilganligining sabablarini yozma ravişda asoslab berişni talab qilişga xaqlidir.
2.14. Işga qabul qiliş paytida mehnat şartnomasida dastlabki sinov töğrisidagi şart tasdiqlanişi mumkin. Dastlabki sinov muddati 3 oydan oşmaydi. Agar tomonlar tarafidan belgilangan sinov muddati tugaguniga qadar tomonlarning birontasi mehnat şartnomasini bekor qiliş töğrisidagi bayonot bermasa, şartnomasining amal qilişi davom etadi.
Quyidagilarga nisbatan sinov muddatli belgilaşga yöl qöyilmaydi:
- homilador ayollar, 3 yoşgaça bolasi bor ayollarga;
- 12 yoşga tölmagan 4 nafar, hamda 16 yoşga tölmagan nogiron farzandi bor ayollarga;
- mehnat organi tomonidan yuborilgan şaxslarga;
- 6 oygaça mehnat şartnomasi tuzilgan şaxslarga;
- boşqa işga ötkazilayotgan xodimlarga.
2.15. Işga birinçi marta tuşgan va muassasada 5 kundan ortiq işlagan şaxslarga iş beruvçi mehnat daftarçalarini yuritişi şart, örindoşlar bundan mustasno.
Kadrlar bölimining xodimlari 7 kundan keçiktirmay xodimning mehnat daftarçasiga tegişli yozuvni kiritişlari va şaxsiy varaqa, T-2 şaklidagi özgarişlarni mehnat daftarçasidagi yozuv bilan aniq muvofiqligini xodimga taniştirişlari şart.
2.16. Quyidagi hollarda va tartibda iş beruvçining yoki xodimning talabiga köra mehnat şartlarini özgartirişga yöl qöyiladi:
- iş beruvçi, agar mehnat şartlarini saqlanişi imkoni bölmasa;
- xodimlar sonini özgartirişga olib kelgan işlar hajmini qisqartirilişidagi özgarişlar belgilangan bölsa;
Mehnat şartlarini keyingi özgarişlari töğrisida xodim kamida 2 oy oldin yozma ravişda, tilxat bergan holda ogohlantirilişi kerak. Bu muddatni qisqartirişga faqat xodimning roziligi bilan yöl qöyiladi.
2.17. Xodim qonunçilikda közda tutilgan hollarda mehnat şartlarini özgartirişni yozma ravişda talab qilişga xaqlidir.
2.18. Iş beruvçi xodimning faqat uning roziligi bilan boşqa doimiy yoki vaqtinçalik işga ötkazişi mumkin.
2.19. Tomonlarning kelişuviga binoan işga qabul qiliş paytida ham undan keyin ham xodim tomonidan asosiy iş böyiça vazifalardan taşqari kasblarni örindoşlik asosida olib boriş tartibida qöşimça majburiyatlarni bajarilişi kelişib olinişi mumkin. Kasblarni örindoşlik asosida olib boriş va uni bekor qiliş mehnat şartnomasida aks ettiriladi va buyruq bilan rasmiylaştiriladi.
2.20. Xodim mehnat şartnomasini istalgan vaqtda bekor qilişga xaqlidir.
2.19. Özining mehnat şartnomasini bekor qiliş niyati hususidagi ariza bilan xodim 2 hafta oldin iş beruvçini yozma ravişda ogohlantirişga majburdir.
2.20. Xodimning bergan arizasi röyxatga olinişi şart (Mehnat Kodeksi, 99-modda).
2.21. Qonun bilan belgilangan ogohlantiriş muddati xodim bilan muassasa rahbari örtasidagi kelişuvga köra qisqartirilişi mumkin, bu esa xodimning arizasida mehnat şartnomasi bekor qilişning aniq sanasini körsatgan va mehnat şartnomasi bekor qiliş huquqiga ega bölgan şaxsning tegişli ruxsati körinişida aks ettirilişi kerak.
2.22. Ogohlantiriş muddati mobaynida mehnat şartnomasining şartlarini tomonlar odatdagi tartibda bajarişda davom etadilar. Xodimning ogohlantiriş muddati içida arizani qaytarib oliş huquqi saqlanadi.
2.23. Iş beruvçining taşabbusiga köra quyidagi hodimlar mehnat şartnomasini bekor qilişga yöl qöyilmaydi:
- xomilador ayollar va 3 yoşgaça bolali ayollar;
- 12 yoşga tölmagan 4 nafar, hamda 16 yoşga tölmagan nogiron farzandi bor ayollar.
2.24. Örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining, şuningdek davlat grantlari böyiça ta’lim olgan oliy öquv yurtlarining tegişli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uç yil içida birinçi bor işga kirgan bitiruvçilari bilan mehnat şartnomasi u tuzilgan kundan e’tiboran uç yillik muddat ötguniga qadar iş beruvçining taşabbusiga köra bekor qilinganida iş beruvçi bu haqda mahalliy mehnat organini xabardor qilişi şart.
2.25. Iş beruvçi xodimning mehnat şartnomasini bekor qiliş niyatida yozma ravişda quyidagi muddatlarda ogohlantirilişi şart (Mehnat Kodeksi, 102-modda):
- texnologiyani özgarişi iş hajmlarini qisqartilişi xodimlar soni özgarişi munosabati bilan mehnat şartnomasi bekor kilinayotganda kamida 2 oy oldin;
- xodimning malakasini yetarli emasligi yoki soğligining yomonlaşgani oqibatida bajarayotgan işiga muvofiq kelmasligi munosabati bilan mehnat şartnomasi bekor qilinayotganda kamida 2 hafta oldin.
2.26. Xodimning aybli xarakatlari oqibatida mehnat şartnomasini bekor qiliş holatida iş beruvçi kamida 3 kun oldin xodimni mehnat munosabatlarining bekor qilinişi töğrisida xabardor qilişi şart.
2.27. Iş beruvçi xodimning aybli xatti-harakatlar qilgan taqdirda u bilan mehnat şartnomasini quyidagi asoslar böyiça bekor qilişga haqlidir (Mehnat Kodeksi, 100-modda):
- xodimning özining mehnat majburiyatlarini muntazam ravişda buzib kelganligi uçun;
- xodimning özining mehnat majburiyatlarini bir marta qöpol ravişda buzganligi uçun.
2.28. Bir marta buzganlik uçun mehnat şartnomasini bekor qiliş mumkin bölgan qöpol buzişlarga quyidagilar kiradi:
- ijro intizomini buziş (Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyişlari Özbekiston Respublikasi Xukumatining Qarorlari, yuqori organ, hokimlik va iş beruvçining qarorlarida qöyilgan vazifalarini amalga oşirişni ta’minlamaganlik);
- işda uzrsiz sabablar bilan 3 soat mobaynida bölmaslik;
- işga alkogollik içimliklar, giyohvandlik vositalarini iste’mol qilib keliş, buni guvohlarning körsatmalari va tibbiy hulosa tasdiqlangan bölsa;
- öquvçi, öqituvçi va boşqa xodimlar, ota-onalarning şaxsiga tegadigan haqoratlaş va boşqa harakatlar;
- iş joyida muassasaning mol-mulkini öğirlaşni sodir etiş (uni guvohlar tasdiqlasa);
- öqituvçining vazifalarini bajarayotgan xodimning mazkur işda işlaşni davom ettiriş mumkin bölmagan ğayriaxloqiy iş xarakatini sodir etişi;
- muassasa xodimlarining, şu jumladan, tartibbuzarning ham hayoti yoki soğligiga xavf tuğdiradigan tarzda xafvsizlik texnikasini, işlab çiqariş texnologiyasini qöpol ravişda buziş;
- xodim tomonidan mehnat majburiyatlari buzilib, Özbekiston Respublikasida belgilangan eng kam iş haqining 10 barobar hajmida moddiy zarar yetkazilişi;
- bevosita pul yoki tovar boyliklariga xizmat körsatadigan xodim tomonidan aybli xatti-harakatlar sodir etilişi, agar bu holat iş beruvçi tomonidan unga nisbatan işonçning yöqolişiga asos bölişi;
- muassasa hujjatlarini qalbaki rasmiylaştiriş holatlarpi aniqlansa.
2.29. Mehnat şartnomasi quyidagi hollarda ham bekor qilinişi mumkin.
- xodim harbiy yoki muqobil xizmatga çaqirilganda;
- ilgari şu işni bajargan xodim işga qayta tiklanganda;
- xodim ilgari işini davom ettirişga imkon bermaydigan jazoga hukm qilingan, sud hukmi qonuniy kuçga kirganda, şuningdek, sudning qaroriga köra xodim ixtisoslaştirilgan davolaş profilaktika muasasasasiga yuborilganda;
- işga qabul qilişning belgilangan qoidalari buzilganda;
- xodim vafot etganda;
- agar işni davom ettiriş, ularning soğligiga xavf solsa.
2.30. Mehnat şartnomasi bekor qiliş töğrisidagi buyruqda Mehnat Kodeksining tegişli bandi va moddasini havola qilgan holda asos körsatiladi.
III. Mehnat intizomini ta’minlaş va javobgarlik
3.1. Muassasada mehnat intizomi mehnat töğrisidagi Qonunlar, Jamoa şartnomasi şartlari, uşbu Qoidalar, mehnat muhofaza qiliş, xavfsizlik texnikasi, har bir xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasi şartlariga rioya qilişni öz içiga oladi.
3.2. Mehnat majburiyatlarini tegişli ravişda bajariş, mehnatda yuqori natijalarga erişiş, muassasada uzoq muddat na’munali işlaş va işdagi yutuqlari uçun xodimlarga nisbatan quyidagi rağbatlantirişlar qöllaniladi:
- minnatdorçilik, taşakkurnoma;
- pul mukofotlari bilan taqdirlaş;
- qimmatbaho sovğalar bilan mukofotlaş;
- jamiyat va Davlat oldida alohida xizmatlari uçun Özbekiston Respublikasining «Ta’lim töğrisidagi» Qonunini amalga oşiriş, ilğor pedagogik texnologiyalarni hayotga tadbiq etişdagi yutuqlari uçun kasbiy «Özbekiston xalq ta’limi a’loçisi», «Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi», «Özbekistonda xizmat körsatgan artist», «Özbekistonda xizmat körsatgan öqituvçi», «Özbekiston xalq öqituvçisi» kabi unvonlarga va qonunçilikda belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etilişi mumkin.
3.3. Mehnat intizomini buzganlik uçun iş beruvçi xodimga nisbatan quyidagi intizomiy jazo çoralarini qöllaşga xaqlidir (Mehnat Kodeksi, 181-182 moddalar):
- xayfsan;
- örtaça oylik iş haqining 30% dan 50% gaça hajmida jarima;
- mehnat şartnomasini bekor qiliş.
3.4. Jazo çorasi qöllanişiga qarab xodimga yöl qöyilgan qonunbuzarlik sabablari va holatini yozma ravişda tuşuntiriş imkoniyati beriladi. Tuşuntiriş xati berişdan boş tortiş xodimga nisbatan çora körişga tösqinlik qilmaydi. Xodimning tuşuntiriş xati berişdan boş tortişi dalolatnoma bilan rasmiylaştiriladi.
3.5. Iş beruvçi har bir harakat uçun intizomiy jazoning faqat bittasini qöllaşga haqlidir.
3.6. Intizomiy jazoning amal qiliş muddati 1 yil.
3.7. Intizomiy jazo ustidan xodim kasaba uyuşma qömitasi va sudga şikoyat qilişi mumkin.
3.8. Iş beruvçiga xodim bevosita töğridan-töğri zarar yetkazgan holda intizomiy jazo qöllaşdan qatiy nazar, xodim, bundan taşqari qonunçilikda belgilangan tartibda moddiy javobgarlikka ham tortilişi mumkin.
3.9. Mehnat intizomini buzganligi uçun xodimga nisbatan, intizomiy javobgarlikdan taşqari, xujjatlar bilan ta’sir körsatişning boşqa çoralari ham qöllanişi mumkin (mukofotdan qisman yoki töliq mahrum qiliş).
3.10. Muassasaning mansabdor şaxslari mehnat töğrisidagi qonunçiligini buzganligi uçun qonunga binoan közda tutilgan hollarda javobgarlikka tortiladilar. Bunday javobgarliklar quyidagi hollarda yuzaga keladi:
- mehnat şartnomasining ğayri qonuniy ekanligini bilib turib bekor qiliş yoki tiklaş töğrisidagi kasaba uyuşma qömitasi va sud qarorini bajarmaslik, şuningdek, xomiladorligi yoki bolaga karaşi kerakligini vaj qilib ayollarni işga qabul qilişdan bilib turib ğayriqonuniy tarzda boş tortiş;
- işga qabul qilişning belgilangan tartibni buziş;
- muqobil harbiy xizmatçilarni harbiy xizmatga majburiyatlari bilan boğliq hujjatlarisiz yoki hukuqi bölmagan xujjatlar bilan qabul qiliş;
- qonuniy kuçga kirgan sud hukmi bilan muayyan lavozimlarni egallaş ta’qiqlangan şaxslarni qabul qiliş;
- yonğinga qarşi qoidalar, xavfsizlik texnikasi, işlab çiqariş sanitariyasi yoki xodimga zarar keltirişga sabab bölgan boşqa mehnat qoidalarni buziş.
IV. Iş vaqti va dam oliş vaqti
4.1. Xodim uşbu qoidalarga, navbatçilik jadvallariga va mehnat şartnomasi şartlariga muvofiq özining mehnat majburiyatlarini bajariş uçun kerak bölgan vaqt iş vaqti hisoblanadi.
4.2. Muassasalarda har kungi iş vaqti 8 soatni taşkil etadigan beş kunlik iş haftasi - öqituvçilar uçun iş kuni dars jadvalidagi dars soatlari bilan belgilanadi.
Barça xodimlar uçun uşbu Qoidalarning 4.8 bandida körsatilgan har haftalik dam oliş vaqti ikki dam oliş kunini (şanba va yakşanba) taşkil etadi. Barça xodimlar uçun umumiy dam oliş kuni yakşanba hisoblanadi.
4.3. Muassasaning quyidagi xodimlari uçun iş vaqtining qiskartirilgan muddati belgilanadi:
- 16 yoşgaça bölgan şaxslarga - haftada 24 soat;
- 16 yoşdan 18 yoşgaça bölgan şaxslarga - haftada 36 soat;
- 1-2 guruh nogiroilariga - haftada 36 soat.
4.4. Har kungi işning davomiyligi vaqti quyidagi hollarda 1 soatga kisqartiriladi:
- bayram (işlamaydigan) kunlari arafasida;
- tungi vaqtda işlarni bajarganda (soat 22.00 dan to 6.00 gaça bölgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi).
4.4.1. Har kungi işning boşlanişi va tugaşi hamda dam oliş va ovqatlaniş uçun tanaffus vaqti quyidagiça belgilanadi:
| Xodimlar | Işning boşlanişi | Tuşlik tanaffus | Işning tugaşi |
| Öqituvçi-konsertmeysterlar (dars jadvali asosida) | 8.00 | 12.00 - 13.00 | 17.00 |
| Işçi-xizmatçi xodimlar | 9.00 | 13.00 - 14.00 | 18.00 |
4.5. Iş şaroitlariga köra tuşlik uçun tanaffus vaqtini belgilaş mumkin bölmagan xodimlarga ovqatlaniş uçun iş vaqtida kamida 30 minut beriladi. Bunday işlar röyxati, ovqatlanişning boşlaniş va tugaş vaqti hamda joyini iş beruvçi kasaba uyuşma kömitasi bilan kelişgan holda tasdiqlaydigan navbatçilik jadvaliga binoan belgilanadi.
4.6. Navbat bilan işlaydigan bölinmalarda iş navbatining vaqti, ularning navbatlaniş tartibi, tuşki tanaffus vaqti yoki ovqatlaniş vaqti, dam oliş kunlarini beriş muassasa rahbari kasaba uyuşma qömitasi bilan kelişgan holda tasdiqlagan navbatçilik jadvaliga köra belgilanadi.
Navbatçilik jadvaliga binoan har bir xodimga belgilangan iş vaqtining davomiyligi tegişli davr uçun iş vaqtining bir me’yorli davomiyligidan oşib ketmasligi kerak.
Navbatçilik jadvali bilan manfaatdor xodimlar u kuçga kirişiga qadar yetti kundan keçiktirmay tilxat berib tanişişlari kerak.
4.7. Har kungi iş vaqti (navbat)dan ortiqça belgilangan iş xodim uçun iş kunidan taşqari mehnat vaqti hisoblanadi.
Iş kunidan taşqari işlaşning vaqti 2 kunda har bir xodim uçun 4 soatdan (zararli va oğir mehnat şaroitlarida işlaşda - kuniga 2 soatdan va bir yilda 120 soatdan oşmasligi kerak). Iş vaqtidan taşqari işlaşga quyidagilarga ruxsat berilmaydi: iş navbatining vaqti 12 soatni taşkil etadigan xodimlar; 18 yoşgaça bölgan xodimlar;
4.8. Xodimlarning ayrim toifalarini dam oliş va bayram (işlamaydigan) kunlaridan işga jalb etişga faqat favqulodda hollarda iş beruvçining yozma farmoyişi bilan jamoa şartnomasining 5.3. bandida közda tutilgan asosda va tartibda yöl qöyiladi.
4.9. 18 yoşgaça bölgan şaxslarni tungi işlarga jalb etiş taqiqlanadi. Nogironlar, xomilador ayollar va 14 yoşgaça bolalari bölgan ayollar körsatilgan işlarga faqat ularning roziligi bilan jalb etilişi mumkin.
4.10. Iş vaqtidan taşqari, dam oliş va bayram (işlamaydigan) kunlaridagi mehnatga haq tölaş va badal jamoa şartnomasining 5.3. bandiga muvofiq amalga oşiriladi.
4.11. Barça xodimlarga, şu jumladan, örindoşlarga ham iş joyi hamda örtaça iş haqini saqlab qolgan holda har yilgi mehnat ta’tillari beriladi.
4.12. Har yilgi ta’tillar (asosiy va qöşimça) vaqti, ularga haq tölaş va hisoblaş tartibi, şuningdek, ta’til olişga huquq beriladigan iş stajini hisoblaş qonunçilikda közda tutilgan tartibda amalga oşiriladi.
4.13. Xodimning arizasiga köra unga iş haqi saqlanmagan xolda ta’til berilişi mumkin, uning qança davom etişi tomonlarning kelişuvi bilan belgilanadi.
Iş beruvçi körsatilgan ta’tilni xodimning iltimosiga köra jamoa şartnomasining 4.6. bandida közda tutilgan xollarda va muddatda berişga majbur.
4.14. Har yilgi asosiy ta’til quyidagiça beriladi:
- işlagan birinçi yil uçun - olti oy işlagandan keyin;
- ikkinçi va keyingi yillardagi iş uçun - ta’tillar jadvaliga muvofiq iş yilining istalgan vaqtida.
4.15. Ta’til
Har yili u beriladigan iş yili tugaşiga qadar bölişi kerak. Ta’til xodimning yozma arizasiga köra qismlarga bölinişi mumkin. Ta’til qismlardan biri kamida 15 iş kunini taşkil etişi kerak.
Faqat xodimning roziligi bilan ta’tildan çaqirib oliş mumkin. Ta’tilning foydalanilmagan qismi joriy yilda beriladi yoki keyingi yilga köçiriladi.
4.16. Xodimning xohişiga qarab iş vaqtida eng kam muddatidan(15 kunidan) ortiqça yillik ta’til uçun pul badali tulanadi.
Ijtimoiy ta’tillarning barça turlaridan, albatta, foydalanişi kerak, ularni pul badali bilan almaştirişga yöl qöyilmaydi.
4.17. Har yilgi ta’tillarni berişdagi rağbatlar kalendar yili boşlanişiga qadar muassasa rahbari kasaba uyuşma qömitasi bilan kelişib tasdiqlaydigan jadvalga binoan belgilanadi. Ana şu tartibda jadval yarim yil tugaganidan keyin işga yangi qabul qilingan xodimlarni hisobga olib töldiriladi.
Xodim ta’tilni beriş vaqti töğrisida uning boşlanişidan köpi bilan 15 kun oldin xabardor qilinişi kerak.
4.18. Ta’til uçun haq ta’til boşlanadigan kundan oldingi kunda tölanişi kerak.
Xodimning arizasiga köra ta’til boşqa muddatga köçirilişi mumkin, agar bu haqda öz vaqtida xabardor qilingan yoki unga ta’til boşlanişiga qadar ta’til vaqti uçun haq tölanmagan bölsa.
V. Mehnat şartnomasi tomonlar örtasidagi ixtiloflarni hal etiş.
5.1. Har bir xodim qonunçiliklarda, mazkur Qoidalarda, muassasaning boşqa hujjatlarida va mehnat şartnomasida közda tutilgan mehnat huquqlarini himoya qiliş, şu jumladan, sudda himoya qiliş, şuningdek, kasaba uyuşmalari va boşqa vakolatli organlarda malakali yuridik yordam oliş huquqiga egadir.
5.2. Özining huquqlarini buzilgan deb hisoblovçi xodim mustaqil ravişda yoki kasaba uyuşmasi qömitasi orqali iş beruvçiga oğzaki yoki yozma şaklda murojaat qilişga haqlidir. Xodimning murojaati mazkur Qoidalarining 2.5-bandida közda tutilgan tartibda röyxatga olinişi kerak.
5.3. Yozma javob xodimga uning murojaati mohiyatiga köra bevosita körib çiqilganidan keyin yuboriladi.
Mehnat şaroitlarini özgartiriş töğrisidagi murojaatiga javob xodimga bunday özgartişga bölgan huquq qonunda közda tutilganday uç kundan keçiktirmay jönatilişi kerak.
Xodim bilan iş beruvçi örtasida körsatilgan xoldagi ixtilof paytida yoki iş beruvçining javobidan qoniqmaganda xodim özining tanlaşiga köra mehnat nizosini hal etiş uçun mehnat nizolari böyiça komissiyaga (bundan keyin - MNK) yoki bevosita sudga, şuningdek, vakolatiga muassasa xodimlarini himoya qiliş kiradigan kasaba uyuşma komissiyasiga murojaat qilişga xaqlidir.
5.4. Xodim tomonidan berilgan ariza MNKda röyxatga olinadi va ariza bergan xodim iştirokida u berilgan kundan boşlab 30 kundan keçiktirmay körib çiqiladi. Xodimning arizasini körib çiqişda iştirok etmasligiga faqat uning yozma arizasiga köra yöl qöyiladi. Komissiyaning majlisiga xodim uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda mazkur arizani körib çiqmaslik töğrisida qaror qabul qilinişi mumkin, bu esa xodimning qaytadan ariza topşiriş huquqidan mahrum qilmaydi.
5.5. Mehnat nizolari komissiyasi qarori ustidan manfaatdor xodim yoki iş beruvçi MNKning köçirma nusxasini olgandan keyin 10 kun içida sudga murojaat qilişi mumkin.
5.6. Xodim sudga yoki mehnat nizolari böyiça komissiyaga quyidagi muddatlarda murojaat qilişga haqlidir:
- işga tiklaş töğrisidagi nizolar böyiça xodimga u bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş töğrisidagi buyruqning köçirma nusxasi topşirilgan kundan boşlab köpi bilan bir oy içida;
- boşqa nizolar böyiça - xodim öz huquqining buzilgani töğrisida bilgan yoki biliş kerak bölgan kundan boşlab 3 oydan keçiktirmay;
- xodimning soğligiga yetkazilgan zararni tiklaş töğrisidagi nizolar böyiça sudga murojaat qiliş muddati belgilanmaydi.
Mazkur bandda körsatilgan muddatlarni uzrli sabablar bilan ötkazib yuborilgan taqdirda ular sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan tiklanişi mumkin.