Maktab yangiliklari

Maktabda bayram konsert tadbiri bölib ötdi

Joriy yilning 28-avgust kuni 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi öquv yilining boşlanişi munosabati bilan «Salom, maktabim!» nomli nazorat yiğiliş-konserti bölib ötdi.

Tadbirda maktab jamoasi, ustoz-öqituvçilar va öquvçilar iştirok etdilar. Yiğiliş davomida yangi öquv yilida amalga oşirilişi rejalaştirilgan muhim vazifalar, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillaştiriş hamda yoş iste’dodlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bayramona tadbirning badiiy qismida maktabning iqtidorli öquvçilari tomonidan Vatan, mustaqillik, tinçlik va ona yurtga muhabbatni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlar ijro etildi. Yoş san’atkorlarning çiqişlari yiğilganlarga kötarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulaşdi.

«Salom, maktabim!» nomli nazorat yiğiliş-konserti yangi öquv yilining kötarinki ruhda boşlanişiga xizmat qilib, öquvçilarni yangi marralar va ijodiy yutuqlar sari ruhlantirdi.