Maktab yangiliklari

Maktab pedagoglar kengaşi majlisi bölib ötdi

Joriy yilning 28-avgust kuni 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida yangi 2026/2027-öquv yilining boşlanişi munosabati bilan pedagoglar kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Majlisni maktab direktori F. Rasulova olib bordi

Majlisda yangi öquv yilida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali taşkil etiş, öquvçilarga sifatli bilim va könikmalar beriş, dars maşğulotlarini zamonaviy pedagogik yondaşuvlar asosida olib boriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yiğiliş davomida ötgan öquv yilida amalga oşirilgan işlar tahlil qilinib, erişilgan yutuqlar va mavjud muammolar muhokama etildi. Şuningdek, yangi öquv yilida pedagoglar oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Majlisda öquvçilarning ijodiy salohiyatini rivojlantiriş, ularning musiqa va san’atga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, turli körik-tanlov, festival va ijodiy tadbirlarda faol iştirokini ta’minlaş böyiça takliflar bildirildi.

Pedagoglar kengaşi a’zolari yangi öquv yilini yuqori saviyada boşlaş, ta’lim sifatini yanada oşiriş hamda yoş iste’dodlarni qöllab-quvvatlaş borasida özaro fikr va takliflarini bildirdilar.

Yiğiliş yakunida yangi öquv yilida belgilangan vazifalarni izçil amalga oşiriş, ta’lim jarayonini yanada takomillaştiriş va öquvçilarning ijodiy yutuqlarini köpaytiriş yuzasidan tegişli vazifalar belgilab olindi.