Maktab yangiliklari

Qabul imtihonlari bölib ötdi

Joriy yilning 25-avgust kuni bolalar musiqa va san’at maktabida 2026–2027-öquv yili uçun öquvçilarni 1-sinfga qabul qiliş böyiça qabul imtihonlari bölib ötdi.

Qabul imtihonlarida fortepiano, torli çolğular hamda xoreografiya bölimlarida tahsil oliş istagini bildirgan yoş iste’dod egalari öz bilim va qobiliyatlarini namoyon etdilar. Imtihon jarayonida öquvçilarning musiqiy eşitiş qobiliyati, ritmni his etişi, ijroçilikka bölgan qiziqişi hamda tanlangan yönaliş böyiça iqtidori tajribali pedagoglar tomonidan baholandi.

Qabul imtihonlari belgilangan tartib va mezonlar asosida, şaffof hamda xolisona taşkil etildi. Yoş iste’dodlarning san’atga bölgan qiziqişi va qobiliyatini aniqlaş, ularni kelgusida özlari tanlagan yönaliş böyiça har tomonlama qöllab-quvvatlaşga alohida e’tibor qaratildi.

Maktab jamoasi qabul imtihonlarida iştirok etgan barça bolajonlarga muvaffaqiyat va kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.