Joriy yilning 31-oktyabr kuni maktabimizda ijodiy uçraşuv va mahorat darsi bölib ötdi.
Mehmon Gülçehra Yusupova — “Döstlik” ordeni sohibi, xalqaro TURKSOY taşkiloti mukofoti sohibi hamda maşhur raqqosa Tamara xonimning şogirdi sifatida özbek raqs san’ati rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan san’at namoyandasidir.
Uning ijodiy tajribasi, milliy raqs san’atiga bölgan sadoqati va ustozlardan meros bölib kelayotgan ijro an’analarini yoş avlodga yetkaziş borasidagi faoliyati öquvçilar uçun öziga xos mahorat maktabi böldi.
Uçraşuv davomida raqqosa özbek milliy raqs san’atining öziga xos xususiyatlari, ijro madaniyati, raqs harakatlarining mazmun-mohiyati hamda sahna mahoratining nozik jihatlari haqida söz yuritdi. Öquvçilar uçun taşkil etilgan mahorat darsida milliy raqs harakatlarini töğri bajariş, musiqa ohangini his etiş, tana va qöl harakatlarining uyğunligiga erişiş, ijroda nafislik va jozibadorlikni namoyon etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Özbek raqs san’ati xalqimizning köp asrlik tarixi, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va betakror estetik qaraşlarini özida mujassam etgan bebaho madaniy merosdir. Farğona-Toşkent, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va Qoraqalpoq raqs maktablarining har biri öziga xos harakatlar, ijro uslubi va badiiy ifoda vositalari bilan ajralib turadi.
Bunday ijodiy uçraşuvlar yoş raqqosalarning kasbiy bilim va könikmalarini boyitiş, milliy raqs san’atiga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, ularda sahna madaniyati va ijroçilik mahoratini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, taniqli san’atkorlar bilan bevosita muloqot qiliş, ularning tajribasi va ijodiy saboqlaridan bahramand böliş yoş iste’dodlar uçun katta maktab vazifasini ötaydi.
Uçraşuv samimiy va kötarinki ruhda ötib, öquvçilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.