22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida ta’lim yönalişlari kesimida 2026–2027-öquv yilining 1-çorak yakuni böyiça texnik imtihonlar jarayoni bölib ötmoqda.
Mazkur imtihonlar öquvçilarning öquv çoragi davomida egallagan bilim va könikmalarini aniqlaş, ularning ijroçilik mahorati hamda texnik tayyorgarligini baholaş maqsadida taşkil etilmoqda.
Texnik imtihonlar davomida öquvçilar öz mutaxassisliklari böyiça gamma va etyudlarni ijro etib, özlarining texnik imkoniyatlari, ijro aniqligi va musiqiy savodxonlik borasidagi bilimlarini namoyiş etmoqdalar. Imtihon jarayonida barmoqlar texnikasi, tovuş sifati, sur’atga rioya qiliş va asarni töğri talqin etiş kabi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunday nazorat va sinovlar öquvçilarning kelgusidagi ijodiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etib, ularning ijroçilik mahoratini yanada takomillaştiriş hamda keyingi bosqiçdagi ta’lim jarayoniga puxta tayyorgarlik körişlariga xizmat qiladi.