3-bob. Nogironligi bölgan şaxslarning jamiyat va davlat hayotida töla huquqli tarzda iştirok etişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş
18-modda. Nogironligi bölgan şaxslarning tengligini ta’minlaş va kamsitilişiga yöl qöymaslik
Nogironlik belgisi böyiça har qanday kamsitiş taqiqlanadi.
Teng imkoniyatlarni ta’minlaş va nogironlik belgisiga köra kamsitilişiga yöl qöymaslik uçun davlat organlari nogironligi bölgan şaxslarning obyektlar hamda xizmatlardan, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalardan, soğliqni saqlaşdan, ta’limdan, işga joylaşişdan, şuningdek axborotdan va aloqa vositalaridan teng ravişda foydalaniş imkoniyatlarini ta’minlaşga doir çora-tadbirlarni amalga oşiradi.
Davlat kamsitilişning barça şakllaridan nogironligi bölgan şaxslarning huquqiy jihatdan teng ravişda va samarali himoya qilinişini kafolatlaydi.
Davlat insonning asosiy huquqlari va erkinliklaridan foydalaniş imkoniyatini berişda nogironligi bölgan şaxslarning kamsitilişiga yöl qöymaslik çoralarini köradi.
19-modda. Şaxsiy hayot daxlsizligi huquqi
Nogironligi bölgan şaxslar qonunçilikda nazarda tutilgan tartibda tajovuzlardan himoya qiliniş, öz şaxsiy hayoti, oilasi, uy-joyi yoki xat-xabarlari daxlsizligi, şa’ni va qadr-qimmati himoya qilinişi huquqiga ega.
Davlat nogironligi bölgan şaxsning şaxsi, soğliği holati töğrisidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaş çoralarini köradi.
20-modda. Oilaga va oila muhitiga bölgan huquq
Davlat nogironligi bölgan bolalarning oilaga va oila muhitiga bölgan huquqlarini ta’minlaş, ixtisoslaştirilgan muassasalarga joylaştiriladigan nogironligi bölgan bolalar sonini qisqartiriş, ularning oilaviy şaroitlarda va nogironligi bölgan bolalarni joylaştirişning boşqa şakllari doirasida qarindoşlarini jalb etiş hisobidan muqobil parvariş qilinişini ta’minlaş çoralarini köradi.
Davlat nogironligi bölgan bolalarni parvarişlayotgan oilalarga moddiy, maslahatga oid va boşqaça tarzda yordam beradi hamda ularni qöllab-quvvatlaydi.
21-modda. Fuqarolik va erkin harakatlaniş huquqi
Nogironligi bölgan şaxslar boşqa fuqarolar bilan teng ravişda fuqarolikni oliş va özgartiriş, şuningdek Özbekiston Respublikasi hududi böylab erkin harakatlaniş, Özbekiston Respublikasiga kiriş va Özbekiston Respublikasidan çiqib ketiş huquqiga ega, bundan Özbekiston Respublikasi fuqarolari uçun qonunçilikda belgilangan çeklovlar mustasno.
Davlat va nodavlat notijorat taşkilotlari, şu jumladan nogironligi bölgan şaxslarning jamoat birlaşmalari nogironligi bölgan şaxslarni ularning yoşi, jinsi va nogironlik şaklini, şuningdek şaxsiy ehtiyojlarini inobatga oluvçi qöllab-quvvatlaş hamda xizmatlar körsatiş dasturlarining mavjudligi va qulayligi töğrisida xabardor qiladi.
22-modda. Uy-joyga bölgan huquq
Davlat nogironligi bölgan şaxslarga uy-joy qurilişi böyiça davlat dasturlaridan va maxsus dasturlardan foydalaniş imkoniyatini ta’minlaydi.
Davlat nogironligi bölgan şaxslarga va öz tarkibida nogironligi bölgan şaxs bor oilalarga uy-joyni qulay narxlar böyiça oliş uçun zarur şart-şaroitlar hamda imkoniyatlarni ta’minlaydi.
Uy-joyga yoki uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj nogironligi bölgan şaxslarni hisobga oliş mahalliy ijro etuvçi hokimiyati organlari tomonidan amalga oşiriladi.
Mahalliy ijro etuvçi hokimiyati organlari tomonidan uy-joy olişga yoki uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan fuqarolarni hisobga oliş röyxatlarini şakllantiriş çoğida nogironligi bölgan şaxslar va öz tarkibida nogironligi bölgan şaxs bor oilalar alohida röyxatga kiritiladi.
Nogironligi bölgan şaxslar uy-joy qurilişi böyiça davlat dasturlari va maxsus dasturlar doirasida imtiyozli şartlar asosida uy-joy va imtiyozli ipoteka krediti oliş huquqiga ega.
Nogironligi bölgan şaxslarning va öz tarkibida nogironligi bölgan şaxs bor oilalarning elektron onlayn-auksionlar vositasida yer uçastkalarini sotib oliş bilan boğliq xarajatlarining örni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Nogironligi bölgan şaxslarga uy-joyni taqsimlaşda imkoniyatga qarab, obyektlar va xizmatlarning qulayligi prinsipiga rioya etilgan holda, iş joyiga, tibbiyot va reabilitatsiya muassasalariga yaqin bölgan uy-joy beriladi.
Nogironligi bölgan şaxslarga davlat uy-joy fondining köp kvartirali uylaridagi turar joylar ularning xohişiga köra pastki qavatlardan berilişi mumkin. Yuqori qavatlardagi kvartiralarga ega bölgan nogironligi bölgan şaxslar böş turar joylar mavjud bölgan taqdirda ularni pastki qavatlarda joylaşgan turar joylarga almaştirişga haqli.
Nogironligi bölgan şaxslarga yoki öz tarkibida nogironligi bölgan şaxs bor oilalarga beriladigan turar joylar obyektlar va xizmatlarning qulayligi prinsipiga muvofiq bölişi kerak.
Nogironligi bölgan şaxslar egallab turgan turar joylar nogironligi bölgan şaxslarning erkin harakatlanişi va foydalanişi uçun maxsus vositalar hamda moslamalar bilan jihozlangan bölişi kerak. Mazkur turar joylarni jihozlaş mahalliy ijro etuvçi hokimiyati organlari tomonidan amalga oşiriladi.
Nogironligi bölgan şaxslar imtiyozli şartlar asosida ijtimoiy uy-joy oliş huquqiga ega.
23-modda. Ijtimoiy infratuzilma obyektlarini nogironligi bölgan şaxslarning ehtiyojlariga rioya etgan holda loyihalaştiriş, quriş va rekonstruksiya qiliş
Davlat boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va taşkilotlar nogironligi bölgan şaxslarning, şu jumladan örindiqli aravaçalardan hamda yetaklovçi itlardan foydalanuvçi şaxslarning barça ijtimoiy infratuzilma obyektlariga (turar joylarga, jamoat va işlab çiqariş binolariga, imoratlar va inşootlarga, soğliqni saqlaş va sport obyektlariga, madaniy-tomoşa muassasalariga hamda boşqa muassasalarga) moneliksiz kirişi uçun şart-şaroitlar yaratişi şart.
Taşkiliy-huquqiy şaklidan qat’i nazar, jamoat binolari hamda inşootlarini loyihalaştiriş, quriş va rekonstruksiya qiliş nogironligi bölgan şaxslarning ehtiyojlari inobatga olingan holda amalga oşirilişi kerak.
Jamoat binolari hamda inşootlarini loyihalaştiriş, quriş va rekonstruksiya qiliş çoğida nogironligi bölgan şaxslar foydalanişi uçun avtotransport saqlaş joylarini maqbul miqdorda hamda ölçamda barpo etiş böyiça çoralar nazarda tutilişi kerak.
Uy-joylar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarida liftlarni sotib oliş hamda örnatiş çoğida, taşkiliy-huquqiy şaklidan qat’i nazar, tegişli taşkilotlar liftlarning nogironligi bölgan şaxslarning barça toifalari uçun qulay bölişini va ulardan foydalaniş imkoniyatini ta’minlaşi şart.
Ijtimoiy-maişiy va madaniy maqsadlarga möljallangan quriliş obyektlarini hamda rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarni foydalanişga qabul qiliş nogironligi bölgan şaxslarning jamoat birlaşmalari vakillari davlat qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan holda amalga oşiriladi.
Nogironligi bölgan şaxslarning obyektlar va xizmatlardan foydalanişi uçun şart-şaroitlar yaratiş quriliş loyihalarining majburiy qismidir. Binolarni, inşootlarni va ularning majmualarini quriş hamda rekonstruksiya qilişga doir normalar va qoidalar nogironligi bölgan şaxslarning jamoat birlaşmalari fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda işlab çiqilişi kerak.
24-modda. Transport vositalarining va yöl infratuzilmasining qulayligi
Transport vositalarining va yöl infratuzilmasining qulayligi aholiga transport xizmati körsatuvçi taşkilotlar (taşkiliy-huquqiy şaklidan qat’i nazar) tomonidan nogironligi bölgan şaxslarning jamoat birlaşmalari iştirokida:
nogironligi bölgan şaxslarga qulaylik yaratiş uçun jamoat transportining maxsus vositalar bilan jihozlanişini, şu jumladan alohida joylar jihozlanişini, eşitiş qobiliyati zaif bölganlar uçun axborot tablolari örnatilişini hamda bekatlarning ovozli tarzda e’lon qilinişini;
şahar va qişloq jamoat transporti vositalarining yönalişlari hamda körsatkiçlari keskin farqlanuvçi rangdagi yirik harflar bilan tasvirlanişini;
yölovçi poyezdlarining vagonlari maxsus örinlar bilan va perronlar, şuningdek temir yöl vokzallari maxsus mexanik panduslar bilan jihozlanişini;
töxtaş maydonçalarini şaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olgan holda jihozlaş, şu jumladan ularga panduslar va tutqiçlar örnatiş, transport vositasining kiriş eşiklari oldidagi maydonçalarda taktil qoplamalarini qöllaş, şuningdek elektron axborot tablolarini örnatiş;
piyodalar ötiş joylari va çorrahalarini, köçalar hamda umumiy foydalanişdagi yöllarni nogironligi bölgan şaxslarning ehtiyojlariga muvofiq moslaştiriş;
çorrahalarda tovuşli va vizual signalizatsiya tizimlarini örnatiş;
aeroportlarda va aerovokzallarda, yirik temir yöl stansiyalarida, şuningdek metroda nogironligi bölgan şaxslarni transport vositalarigaça kuzatib boriş;
nogironligi bölgan şaxslar uçun maxsus kutiş joylarini jihozlaş yöli bilan ta’minlanadi.
Mahalliy transport vositalarini işlab çiqiş va işlab çiqariş nogironligi bölgan şaxslarning ehtiyojlari inobatga olingan holda amalga oşirilişi kerak.
25-modda. Mehmonxona xonalarining qulayligi
Mehmonxonalarning mulkdorlari umumiy xonalar fondining kamida bitta xonasini örindiqli aravaçadan foydalanadigan nogironligi bölgan şaxslar uçun qulay tarzda jihozlaşi, şuningdek eşitiş va köriş böyiça nogironligi bölgan şaxslarning tegişli ehtiyojlariga muvofiq e’lonlar uçun displeylar hamda ovozli qurilmalar örnatilişini ta’minlaşi şart.
26-modda. Axborotdan foydalaniş
Davlat nogironligi bölgan şaxslarga axborot oliş huquqlari amalga oşirilişini kafolatlaydi hamda nogironligi bölgan şaxslarni keng omma uçun möljallangan, qulay formatlardagi va nogironlikning turli şakllari hisobga olingan texnologiyalardan foydalangan holda axborot bilan ta’minlaydi.
Davlat odamlar örtasidagi muloqot vositalari sifatida imo-işora tilidan, muloqotning boşqa muqobil şakllaridan foydalanilişiga kömaklaşadi.
Davlat nogironligi bölgan şaxslarga televizion dasturlar, filmlar, teatr tadbirlari va boşqa madaniy tadbirlarning ular uçun qulay formatlarda bölişini ta’minlaydi. Davlat telekanallarida yangiliklar körsatuvlarining surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyiş etilişi ta’minlanadi.
Davlat kommunikatsiyaning muqobil şakllaridan (Brayl harflaridan va ovozli şakllardan) foydalangan holda badiiy adabiyotlar, maktab darsliklari, boşqa didaktik materiallar va öqitiş vositalari naşr etilişini ta’minlaydi.
Davlat organlari va taşkilotlar öz rasmiy veb-saytlariga joylaştirilgan axborot bilan qulay tarzda tanişiş hamda xizmatlardan foydalaniş uçun nogironligi bölgan şaxslarga qöşimça imkoniyatlarni yaratişi şart.
Davlat organlari va taşkilotlar axborot-kommunikatsiya uskunalarining hamda axborot ta’minotining davlat xaridlariga davlat buyurtmasini amalga oşirişda nogironligi bölgan şaxslarning barça toifalari uçun qulaylik mezonlariga rioya etilişini hisobga olişi kerak.
Davlat organlari va taşkilotlar, zarur bölgan taqdirda, mazkur davlat organining yoki taşkilotning vakili va eşitişida nuqsonlari mavjud nogironligi bölgan şaxs örtasidagi muloqotni ta’minlaş uçun imo-işora tili tarjimonini şartnoma böyiça yollaydi.
27-modda. Madaniy hayotda iştirok etişga, dam olişga va sport bilan şuğullanişga bölgan huquq
Davlat organlari va taşkilotlar nogironligi bölgan şaxslarning moddiy madaniy meros obyektlaridan, turistik hamda sport obyektlaridan va inşootlaridan, şuningdek dam oliş obyektlaridan foydalanişini ta’minlaydi.
Teatrlar, muzeylar, kinoteatrlar, axborot-kutubxona muassasalari va axborot-resurs markazlari, madaniyat va istirohat boğlari nogironligi bölgan şaxslar foydalanişi uçun qulay bölişi kerak.
Nogironligi bölgan şaxslarning moddiy madaniy meros obyektlaridan, turistik va sport obyektlari hamda inşootlaridan, şuningdek taşkilotning dam oliş obyektlaridan foydalanişini ta’minlaş maqsadida, taşkiliy-huquqiy şaklidan qat’i nazar, taşkilotlar nogironligi bölgan şaxslarning jamoat birlaşmalari iştirokida:
nogironligi bölgan şaxslarning va ular oilalarining madaniy, sport hamda turistik tadbirlarda iştirok etişiga kömaklaşadi;
nodavlat notijorat taşkilotlari bilan şeriklikda madaniy, sport va köngiloçar tadbirlar ötkazilişini taşkil etadi;
nogironligi bölgan şaxslarga sport bilan şuğullaniş, sport musobaqalarini ötkaziş va ularda iştirok etiş uçun zarur şart-şaroitlar hamda imkoniyatlar yaratadi;
faoliyati nogironligi bölgan şaxslarni sport bilan şuğullanişga va jamiyatning madaniy hayotiga jalb etişga qaratilgan nodavlat notijorat taşkilotlariga kömaklaşadi;
nogironligi bölgan şaxslarning barça darajalardagi sport tadbirlarida iştirok etişini tarğib qiliş va rağbatlantirişda iştirok etadi.
Taşkiliy-huquqiy şaklidan qat’i nazar, taşkilotlar nogironligi bölgan şaxslarning sport inşootlari obyektlaridan, dam oliş obyektlaridan, şuningdek turistik obyektlardan foydalanişini, şu jumladan bepul asosda foydalanişini ta’minlaş uçun şart-şaroitlar yaratadi.
Davlat mulki bölgan sport obyektlari va inşootlarining sport zallari hamda xonalarini nogironligi bölgan şaxslarga sport bilan şuğullaniş uçun bepul asosda taqdim etiladi, bundan qonunçilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Davlat sportning paralimpiya turlari böyiça murabbiylar, hakamlar hamda boşqa mutaxassislarni öqitiş va tayyorlaşni ta’minlaydi.
Davlat organlari nogironligi bölgan şaxslarning sport bilan şuğullanişi uçun şart-şaroitlar yaratiş va ularni sport bilan şuğullanişga jalb etişga doir dasturlarni nodavlat notijorat taşkilotlari, şu jumladan nogironligi bölgan şaxslarning jamoat birlaşmalari bilan birgalikda har yili işlab çiqadi hamda amalga oşiradi.
Davlat nogironligi bölgan şaxslarning sport bilan şuğullanişini moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş tizimini yaratadi.
28-modda. Murojaat qiliş huquqi
Nogironligi bölgan şaxslar davlat organlariga, taşkilotlarga va ularning mansabdor şaxslariga yakka tartibda yoki jamoa bölib murojaat qiliş huquqiga ega.
Davlat organlari, taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslari murojaatlarni körib çiqayotganda Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlari talablariga rioya etişi, uşbu murojaatlarning töliq, xolisona va öz vaqtida körib çiqilişi uçun çoralar körişi, şuningdek nogironligi bölgan şaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanişini hamda ularning qonuniy manfaatlari himoya qilinişini ta’minlaş yuzasidan öz vakolatlari doirasida çoralar körişi şart.
Davlat organlari, taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslari nogironligi bölgan şaxslarning murojaatlar (arizalar, şikoyatlar, takliflar) bilan kirişi uçun quyidagilar vositasida zarur şart-şaroitlar yaratişi şart:
şaxslararo muloqot vositasi sifatida imo-işora tilini e’tirof etiş va qöllab-quvvatlaş, şuningdek uni rivojlantiriş hamda jamiyat va davlat hayot faoliyatining turli sohalarida qöllaş çoralarini köriş;
nogironligi bölgan şaxslarning huquqlarini himoya qiliş va amalga oşiriş uçun zarur bölgan hollarda surdotarjima xizmatlarini körsatiş;
nogironligi bölgan şaxslar tomonidan öz murojaatini imzolaş uçun faksimil imzodan foydalaniş.
Eşitişi va nutqi böyiça nogironligi bölgan şaxslarga:
tergov harakatlarini amalga oşirişda yoki jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy işlar böyiça sud protsesslarida iştirok etiş çoğida;
hujjatlarni yoki bitimlarni notarial tartibda rasmiylaştirişda;
avtomobilni boşqariş könikmalariga yoki kompyuter savodxonligiga öqiş çoğida;
davlat xizmatlari körsatiş çoğida surdotarjimon xizmatlari körsatiladi.
Eşitişi va nutqi böyiça nogironligi bölgan şaxslarga surdotarjimon xizmatlari qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa hollarda ham körsatilişi mumkin.
Davlat har yili surdotarjimonlar, surdopedagoglar, defektologlar va logopedlar tayyorlanişini ta’minlaydi.
29-modda. Nogironligi bölgan şaxsning faksimil imzosi
Nogironligi bölgan şaxsning faksimil imzosi — soğliğining holatiga köra (körişning buzilişi, qöl-oyoqlar yöqligi, harakatlarni muvofiqlaştirişning buzilişi, falajlik) öz qöli bilan imzo qöyiş imkoniyatiga ega bölmagan nogironligi bölgan şaxsning öz qöli bilan qöygan imzosi örnini bosadigan, maxsus tayyorlangan ştamp (klişe).
Nogironligi bölgan şaxsning faksimil imzosi nogironligi bölgan şaxs tomonidan faqat, agar u özining jismoniy nuqsonlari sababli zarur hujjatlarni imzolaş çoğida öz qöli bilan imzo qöyiş imkoniyatiga ega bölmasa, qöllanilişi mumkin.
Faksimil imzo nogironligi bölgan şaxs uçun tayyorlanadi va uning tomonidan butun hayoti davomida foydalaniladi. Faksimil imzo yöqolgan taqdirda uning dublikati tayyorlanadi.
Heç kim faksimil imzodan foydalanişi munosabati bilan öz fuqarolik huquqlarini amalga oşirişda çeklanişi mumkin emas.
30-modda. Jamiyatning ongida nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari va qadr-qimmatiga hurmatni şakllantiriş hamda mustahkamlaş
Davlat organlari jamiyatning ongida nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari va qadr-qimmatiga hurmatni şakllantiriş hamda mustahkamlaş maqsadida:
nogironligi bölgan şaxslarning faol ijtimoiy roli ijobiy qabul qilinişiga ommaviy axborot vositalari va matbuot vositasida kömaklaşişni;
nogironligi bölgan şaxslarning salohiyatini hamda jamiyat va davlat taraqqiyotiga qöşayotgan hissasini tarğib qilişni;
nogironligi bölgan şaxslarning ijtimoiy integratsiyasiga imkon beruvçi timsolini ijobiy va bağrikenglik asosida gavdalantiriş yönalişidagi ommaviy axborot vositalarini rağbatlantirişni;
nogironligi bölgan şaxslarga nisbatan qotib qolgan qaraşlarni va xurofotlarni yöq qiliş böyiça çora-tadbirlar amalga oşiriş;
ta’limning barça bosqiçlarida, şu jumladan bolalarda gödaklik yoşidan boşlab nogironligi bölgan şaxslarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bölişni tarbiyalaşni;
nogironligi bölgan şaxslarning qadr-qimmati va qobiliyati hamda ularning iş joyidagi va mehnat bozoridagi jamoa yutuqlariga qöşayotgan hissasi e’tirof etilişiga kömaklaşişni;
nogironligi bölgan şaxslarga va ularning huquqlariga bağişlangan tarbiyaviy-taniştiruv dasturlarini işlab çiqiş hamda joriy etişni ta’minlaydi.
Davlat har yili quyidagi davlat buyurtmalarini joylaştiradi:
jamiyatda nogironligi bölgan şaxslarga nisbatan qotib qolgan qaraşlarni va xurofotlarni bartaraf etişga, şuningdek nogironligi bölgan şaxslarning ijobiy timsolini şakllantirişga qaratilgan badiiy, hujjatli filmlar, spektakllar tayyorlanişiga doir;
nogironligi bölgan şaxslarning salohiyatini hamda jamiyat va davlat hayotiga qöşadigan hissasini tarğib qilişga, şuningdek nogironligi bölgan şaxslarning ijobiy timsolini yaratişga qaratilgan ijtimoiy reklama axborotini hamda maqolalarni tayyorlaş va ommaviy axborot vositalarida yoritişga doir.
Nogironligi bölgan şaxslar töğrisidagi ijobiy tasavvurga qaratilgan ijtimoiy reklama telekanallarda, matbuotda va boşqa ommaviy axborot vositalarida joylaştiriladi.
Huquq va gumanitar yönalişdagi oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari böyiça kurslar ötkaziladi va öquv fanlari örgatiladi.