III bölim. Aholini iş bilan ta’minlaşni tartibga soliş va taşkil etiş
15-modda. Iş bilan ta’minlaşni tartibga soliş
Özbekiston Respublikasi davlat boşqaruvi idoralari:
iqtisodiyot strukturasini tahliliy tadqiq etadilar, mehnat bozori ahvolini va aholi bandligi sohasidagi vaziyatni oldindan taxmin qiladilar, bu sohada davlat statistika hisob-kitobini va hisobini amalga oşiradilar;
iş bilan ta’minlaşning respublika va mintaqa dasturlarini işlab çiqadilar hamda tegişli xalq deputatlari Sovetlari muhokamasiga kiritadilar, bunday dasturlarni amalga oşirişni öz vakolatlari doirasida ta’minlaydilar;
ijtimoiy işlab çiqarişda qöşimça işçi örinlar vujudga keltirilişiga, mehnat şaroitlari yaxşilanişiga kömaklaşadilar;
tadbirkorlikning rivojlanişini rağbatlantiradilar, fuqarolarga kooperativlar, kiçik korxonalar, ijara korxonalari va aksionerlik jamiyatlarining korxonalarini taşkil etişda kömaklaşadilar;
mehnat faoliyati bilan şuğullanuvçi aholini ijtimoiy-huquqiy muhofaza qiliş çora-tadbirlarini köradilar.
16-modda. Iş bilan ta’minlaşning respublika va mintaqa dasturlari
Aholini iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş, işsizlikning oldini oliş va işsizlik oqibatlaridan ijtimoiy muhofaza qiliş maqsadida respublika miqyosida va mahalliy darajada iş bilan ta’minlaş dasturlari işlab çiqiladi.
Aholini iş bilan ta’minlaş dasturining mazmuni, uni işlab çiqiş va amalga oşiriş tartibi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
17-modda. Rivojlantirişda ustunlik beriladigan hududlar
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi viloyat hokimliklarining tavsiyasiga binoan har yili işçi örinlari respublika Hukumati tomonidan rağbatlantiriladigan hududlarni belgilaydi.
Ustuvor rivojlantiriladigan hududlarda işlab çiqarişlar, ularning şu’balari, qöşimça va nostandart işçi örinlari vujudga keltirayotgan korxonalar, muassasalar va taşkilotlarga Özbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadigan tartib va şartlar asosida soliqlar böyiça yengilliklar va boşqa imtiyozlar beriladi.
18-modda. Iş bilan ta’minlaşga kömaklaşuvçi muvofiqlaştiriş qömitalari
Iş bilan ta’minlaş siyosatini belgilaş va amalga oşiriş böyiça kelişilgan qarorlarni işlab çiqiş maqsadida respublika miqyosida va mahalliy darajalarda kasaba uyuşmalarining, iş beruvçilar uyuşmalari va davlat boşqaruvi idoralarining vakillaridan iş bilan ta’minlaşga kömaklaşuvçi muvofiqlaştiriş qömitalari tuziladi. Kasaba uyuşmalari va iş beruvçilarning vakillari qömitalarning tarkibiga teng miqdorda kiritiladi.
Muvofiqlaştiriş qömitalarini taşkil etiş va ularning iş tartibini qömitalarda vakillik qiluvçi tomonlar belgilaydi.
Iş bilan ta’minlaşga kömaklaşuvçi muvofiqlaştiriş qömitasining faoliyatini respublika darajasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi, mahalliy darajada esa xalq deputatlari tegişli Sovetlari uyuştiradi.
19-modda. Iş bilan ta’minlaş davlat xizmatlari
1. Aholini iş bilan ta’minlaş siyosatini amalga oşiriş va fuqarolarga tegişli kafolatlar ta’minlab beriş uçun aholini iş bilan ta’minlaş davlat xizmati taşkil etiladi. Aholini iş bilan ta’minlaş davlat xizmatini taşkil etiş va uning iş tartibi respublika qonunlariga muvofiq Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Iş bilan ta’minlaş davlat xizmatlariga pul ajratiş aholini iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
2. Aholini iş bilan ta’minlaş davlat xizmatlari korxonalar, muassasalar, taşkilotlarga va boşqa iş beruvçilarga körsatadigan xizmatlar, şuningdek mehnat bozorining ahvoli töğrisidagi axborotlar bilan ta’minlaş bepul amalga oşiriladi.
3. Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining tarkibida mehnat qiliş va iş bilan ta’minlaşga doir qonunlar mulkçilik şakli va xöjalik yuritişning şakllaridan qat’i nazar, davlat va jamoat idoralari, iş beruvçilar tomonidan qanday bajarilayotganini nazorat qiluvçi inspeksiya tuziladi.
4. Çet ellarda fuqarolarni, şuningdek çet ellarda işlaş yuzasidan xususiy mehnat bitimlariga ega bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini, Özbekistonga işga kelgan çet el fuqarolarini işga yollaş va işga joylaştiriş bilan şuğullanadigan yuridik va jismoniy şaxslarning faoliyat körsatişiga, kadrlarni öqitiş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş hamda işga joylaştiriş böyiça pulli xizmat körsatuvçi yuridik şaxslarning faoliyat körsatişiga Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi beradigan litsenziyaga binoan ruxsat etiladi.
20-modda. Iş bilan ta’minlaş davlat xizmatining vazifalari va huquqlari
1. Iş bilan ta’minlaş davlat xizmati:
mehnat bozoridagi holatni tahlil hamda taxmin qiladi va tegişli axborot tarqatilişini ta’minlaydi;
böş iş joylarini (vakant lavozimlarni) va işga joylaştiriş masalasida murojaat qilgan fuqarolarning hisobini yuritadi;
iş bilan ta’minlaş xizmatiga murojaat qilgan fuqarolarga va iş beruvçilarga iş topiş hamda işçi kuçi bilan ta’minlaş imkoniyatlari töğrisida, kasblarga va xodimlarga nisbatan qöyilayotgan talablar hamda iş bilan ta’minlaşga doir boşqa masalalar töğrisida maslahatlar beradi;
fuqarolarga maqbul keladigan işni tanlaşda, korxonalar, muassasalar, taşkilotlar va boşqa iş beruvçilarga esa zarur xodimlarni tanlaşda yordam körsatadi;
işlamayotgan fuqarolarni kasbga örgatiş, qayta öqitiş va malakasini oşirişni taşkil etiş töğrisida öquv yurtlari, muassasalar, taşkilotlar va korxonalar bilan şartnomalar tuzadi;
böşatilayotgan xodimlarga va iş bilan ta’minlanmagan aholiga işga joylaştiriş hamda kasb tanlaş yuzasidan xizmatlar körsatadi;
işsizlarni röyxatga olişni ta’minlaydi va ularga yordam körsatadi, şu jumladan nafaqalar belgilanişiga va bu nafaqalarni oliş uçun çek berilişiga kömaklaşadi;
respublika, viloyat, şahar va nohiya iş bilan ta’minlaş dasturlari aholini ijtimoiy muhofaza qiliş tadbirlarini közda tutgan holda işlab çiqilişini taşkil etadi.
2. Iş bilan ta’minlaş davlat xizmati:
korxonalar, muassasalar va taşkilotlardan mulkçilik hamda xöjalik yuritiş şakllaridan qat’i nazar, möljallanayotgan strukturaviy özgarişlar va amalga oşirilişi natijasida mehnatkaşlar işdan böşatilişi mumkin bölgan boşqa tadbirlar töğrisida, şuningdek böş iş joylari (vakant lavozimlar) bor-yöqligi, şu jumladan ulardagi mehnatning xarakteri va şaroiti haqida axborotlar oliş;
iş bilan ta’minlaş davlat xizmatiga murojaat qilgan fuqarolarni malakasi va kasb tayyorgarligi darajasiga muvofiq işga joylaştiriş uçun tegişli böş işçi örinlar (vakant lavozimlar) bölgan taqdirda hamma turdagi korxonalar, muassasalar va taşkilotlarga yuboriş;
barça turdagi korxonalar, muassasalar va taşkilotlar uçun ijtimoiy muhofazaga muhtoj kişilarni işga qabul qilişga möljallangan iş joylarining eng kam miqdorini belgilab qöyiş töğrisida takliflar işlab çiqiş va ularni xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining muhokamasiga taqdim etiş, şuningdek mazkur fuqarolarni işga joylaştiriş uçun korxonalar, muassasalar va taşkilotlarga yuboriş;
mulkçilik va xöjalik yuritiş şakllaridan qat’i nazar korxonalar, muassasalar va taşkilotlarning işonçnomasiga muvofiq ular nomidan fuqarolarni işga joylaştiriş töğrisida şartnomalar tuziş, zarur hollarda ularni oldin kasb tayyorgarligidan ötkaziş, yölkira, har bir keça-kunduz uçun haq tölaş, şuningdek yangi istiqomat va iş joyiga köçib boriş çoğida tegişli korxonalar, muassasalar, taşkilotlar hisobidan yordam puli beriş;
iş bilan ta’minlanmagan fuqarolarni ularning xohiş-istagiga qarab haq tölanadigan jamoat işlariga belgilangan tartibda jönatiş;
iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş jamğarmasining mablağlarini tasarruf etiş;
iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş jamğarmasining mablağlari hisobidan iş qidirayotganlar sifatida röyxatga olingan kişilarga kasb örgatiş va ularni qayta öqitiş xarajatlarini tölaş, şuningdek uşbu Qonunda nazarda tutilgan miqdorlarda ularga butun ta’lim davri uçun stipendiyalar belgilaş;
belgilangan tartibda fuqarolarga işsizlik nafaqalari tayinlaş, qonunda közda tutilgan hollarda ana şunday nafaqalar tölaşni töxtatib qöyiş yoki bekor qiliş;
faoliyati aholini iş bilan ta’minlaş bilan boğliq vositaçi taşkilotlarni röyxatga oliş va ular faoliyati uçun litsenziyalar beriş huquqlariga egadirlar.
21-modda. Korxonalar, taşkilotlar, muassasalarning iş bilan ta’minlaşga doir davlat siyosatini röyobga çiqarişda iştirok etişi
1. Öz faoliyatini Özbekiston Respublikasi hududida amalga oşirayotgan korxonalar, muassasalar, taşkilotlar mulkçilik va xöjalik yuritişning şakllaridan qat’i nazar, iş bilan ta’minlaşga doir davlat siyosatini:
Özbekiston Respublikasining mehnat töğrisidagi qonunlariga muvofiq mehnat munosabatlarini tartibga soluvçi şartnomalar (bitimlar) şartlarini bajariş;
işçilarga kasb tayyorgarligi, qayta tayyorlaş va malaka oşiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş;
aholini iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş davlat jamğarmasiga moliyaviy ajratmalar ötkaziş;
xalq deputatlari mahalliy Sovetlari belgilagan miqdordagi şaxslarni işga joylaştiriş;
böş iş joylari (vakant lavozimlar) borligi töğrisidagi ma’lumotlarni har oyda işdan böşatiş mumkinligi haqidagi axborotni işdan böşatiş asoslarini, işdan böşatiş daxl qilişi mumkin bölgan fuqarolar soni va toifasini va işdan böşatiş qaysi muddatda amalga oşirilişini körsatib oldindan (kamida 3 oy oldin) taqdim etiş yöli bilan amalga oşirişga kömaklaşadilar
Böş iş joylari (vakant lavozimlar) haqidagi axborotni öz vaqtida taqdim etmagan va bunday joylar (lavozimlar)ning mavjudligini yaşirişda aybdor bölgan va iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş davlat jamğarmasiga pul ajratişdan böyin tovlayotgan mansabdor şaxslarga iş bilan ta’minlaş davlat xizmati tomonidan ma’muriy tartibda uç oylik mansab maoşigaça bölgan miqdorda jarima solinadi.
Mahalliy hokimiyat idoralari xodimlarni ommaviy böşatiş töğrisidagi qarorni olti oy muddatga töxtatib qöyişlari mumkin, bunda ular korxonalar, muassasalar, taşkilotlarning ana şu keçiktiriş tufayli körgan zararlarni qisman yoki batamom qoplaydilar.
2. Korxonalar, muassasalar va taşkilotlar ijtimoiy muhofazaga muhtoj şaxslarni işga joylaştiriş uçun ixtisoslaştirilgan iş joylari barpo etişlari şart. Uşbu talab bajarilmagan taqdirda har bir barpo etilmagan iş joyi uçun işga joylaştiriş davlat xizmati tomonidan korxona, muassasa va taşkilotlardan ulardagi xodimning yillik örtaça iş haqi miqdorida jarima undiriladi. Özlari avval buyurtma bergan oliy, örta maxsus öquv yurtlari va hunar-texnika bilim yurtlarini bitirganlarni, şuningdek qayta tayyorgarlik qöriş uçun yuborilganlarni işga qabul qilişdan boş tortganliklari uçun ham korxonalar, muassasalar va taşkilotlardan xuddi şunça miqdorda jarima undiriladi. Undirilgan mablağlar iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş davlat jamğarmasini töldirişga ötkaziladi.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj şaxslar uçun iş joylarining miqdorini xalq deputatlari mahalliy Sovetlari işlovçilar umumiy sonining kamida yetti foizi (şu jumladan nogironlar uçun kamida uç foizi) miqdorida belgilaydilar.
Iş beruvçilarning aholining raqobatga qobiliyatsiz toifalari uçun belgilangan eng kam miqdordan ortiqça iş joylarini taşkil etişga, şuningdek ana şunday şaxslarni kasbga tayyorlaş va qayta tayyorlaşga qilgan sarf-xarajatlari xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining mablağlari, şuningdek iş bilan ta’minlaşga kömaklaşuvçi davlat jamğarmasi mablağlari va boşqa mablağlar hisobidan qoplanişi mumkin.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj kişilar uçun taşkil etilgan iş joylari xalq deputatlari mahalliy Sovetlari, kasaba uyuşmalari va iş bilan ta’minlaş davlat xizmatining idoralari bilan kelişgan holdagina qisqartiriladi yoki tugatiladi.
22-modda. Aholini iş bilan ta’minlaşda kasaba uyuşmalarining iştiroki
Kasaba uyuşmalari iş bilan ta’minlaş davlat siyosatiga doir masalalar böyiça Özbekiston Respublikasining tegişli qonun hujjatlarini va xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining qarorlarini işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etadilar.
23-modda. Iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş respublika jamğarmasi
1. Iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş respublika jamğarmasi respublika miqyosida va mahalliy darajada vujudga keltirilib, iş bilan ta’minlaş siyosatini röyobga çiqariş borasidagi çora-tadbirlarni pul bilan ta’minlaşga va iş bilan ta’minlaş idoralarining samarali faoliyat körsatişiga möljallanadi.
2. Iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş davlat jamğarmasi Özbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan tartibda:
mulkçilik va xöjalik yuritiş şaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, taşkilotlar, kooperativlar va boşqa iş beruvçilarning Özbekiston Respublikasi Hukumati tabaqalaştirgan holda belgilaydigan, biroq mehnatga haq tölaş fondining uç foizidan köp bölmagan miqdordagi majburiy ajratmalari (bu xarajatlar mahsulot tannarxiga qöşiladi);
respublika va mahalliy budjetlar mablağlaridan tegişli budjetlarni şakllantiriş çoğida Özbekiston Respublikasi Hukumati va xalq deputatlari Sovetlari belgilaydigan miqdordagi dotatsiyalar;
ixtiyoriy ionalar, uşbu Qonunning 21 va 40-moddalariga muvofiq undiriladigan jarimalar va boşqa tuşumlar hisobiga taşkil topadi.
Aholini iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş jamğarmasi hisobidan, iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş xizmati va ularning tuman bölimlari qoşida iş örinlari taşkil etiş maqsadida oçilgan iş örinlari taşkil etiş maqsadida oçilgan korxonalar tijorat faoliyatidan olinadigan foydadan undiriladigan soliqlardan, şuningdek davlat va bojxona bojlari tölovlaridan ozodi qilinadi.
Bunda korxonalar, muassasalar, taşkilotlar va kooperativlarning ajratmalari hisobiga hosil böladigan iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş jamğarmasi mablağlarining 70 foizi Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar iş bilan ta’minlaş xizmatlarining tasarrufida qoladi (söngra ular nohiyalar va şaharlar uçun taqsimlanadi), 30 foizi esa respublika darajasida markazlaştiriladi.
Iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş jamğarmasining hisobot yilida foydalanilmagan mablağlari olib qöyilişi mumkin emas va ular kelgusi moliya yiliga ötadi.
Iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş jamğarmasi tijorat faoliyatidan olinadigan foydadan undiriladigan soliqlarning hamma turini tölaşdan, şuningdek davlat va bojxona poşlinalaridan ozod qilinadi.
3. Iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş jamğarmasi mablağlarini nimalarga sarflaş aholini iş bilan ta’minlaş borasidagi tegişli respublika va mintaqa dasturlarida belgilab beriladi.
24-modda. Haq tölanadigan jamoat işlarini taşkil etiş
Xalq deputatlari mahalliy Sovetlari iş bilan ta’minlaş davlat xizmatlarining takliflariga muvofiq va ularning iştirokida öz mulki bölgan korxonalar, muassasalar, taşkilotlarda hamda şartnomalar asosida boşqa korxonalar, muassasalar, taşkilotlarda haq tölanadigan jamoat işlarini amalga oşirilişini taşkil etadilar.
Haq tölanadigan jamoat işlarini bajarişga doir şartnomalar davlat iş bilan ta’minlaş xizmatlarida röyxatdan ötgan va işsizlik maqomini olgan fuqarolar bilan 2 oygaça (bu muddatni uzaytiriş va işsizlik muddatini uzaytiriş huquqi bilan) muddatga tuziladi.
Jamoat işlarini bajariş çoğida fuqarolarga bajarilayotgan işga qarab, biroq 15 foiz oşirilgan işsizlik nafaqasi miqdoridan kam bölmagan miqdorda haq tölaş, ana şu işlar muddatini umumiy va uzluksiz mehnat stajiga qöşiş, pensiya ta’minoti va vaqtinça işga layoqatsizlik yuzasidan nafaqalar oliş huquqi kafolati beriladi.
Haq tölanadigan jamoat işlariga jalb qilingan şaxslarga tölanadigan iş haqining 50 foizidan kam bölmagan qismi korxonalar, taşkilotlar va muassasalar, qolgan qismi esa mahalliy budjet mablağlaridan va aholini iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş jamğarmasi hisobidan qoplanadi.
Aholining turli guruhlari uçun haq tölanadigan jamoat işlarini taşkil etiş tartibi va ularni ötkaziş şartlari Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi bilan kelişilgan holda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
25-modda. Işsizlarga kasb örgatiş, ularning malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş
1. Davlat iş bilan ta’minlaş xizmatida röyxatdan ötgan va işsizlik maqomini olgan şaxslarni kasbga örgatiş, ularning malkasini oşiriş va qayta tayyorlaş başarti:
işsiz zarur kasb malakasiga ega bölmaganligi tufayli unga munosib iş tanlaş mumkin bölmasa;
işsizning kasb könikmalariga mos keladigan iş yöqligi sababli uning malakasini özgartiriş zarur bölsa;
avvalgi kasbi böyiça iş bajariş qobiliyati yöqotilgan bölsa amalga oşirilişi mumkin.
2. Fuqarolarga kasb örgatiş, ularning malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş iş bilan ta’minlaş davlat xizmatlarining yöllanmalari böyiça öquv yurtlarida iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş jamğarmasida ana şu maqsadlar uçun közda tutilgan mablağlar hisobidan amalga oşiriladi.