Boş sahifaga qaytiş

Öquvçilar xavfsizligi

Yonğin sodir bölganda quyidagilarni bajar:

Yonayotgan elektr asboblarini suv bilan öçirma.
Oynalarni oçma.
Yonğin paytida berkinib oliş mumkin emas.
Binoni tark etişga urin.
Yonğin paytida liftdan foydalaniş mumkin emas.
Yonğin haqida qöşinlarga xabar ber va ulardan yonğin öçiruvçilarni çaqirişlarini söra

Yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qil:

Nosoz elektrasboblardan foydalanma. Ularni qarovsiz qoldirma.
Sim va elektrasboblarni höl qöllaring bilan uşlama.
Olov bilan öynama.
Kattalarsiz yonuvçi suyuqliklardan (atseton, benzin, kerosin) foydalanma.
Plitani qarovsiz qoldirma. Zarurat bölmaganda uni yoqma.
Arça oldida tezda alanga oluvçi vositalardan foydalanma

Yonğin sodir bölgan holda:

- Zudlik bilan yonğin xavfsizligi xizmatiga xabar ber;

- Odamlarni va hayvonlarni xavfsiz joyga olib çiq;

- Olovni suv, qum, öt öçirgiç va şu kabilar bilan öçir;

- Yonğin sodir bölgan xonaning eşigini zarurat bölmasa oçma, çunki oçiq eşik yonğinni yanada kuçaytiradi.

- Elvizak bölmasligi uçun boşqa xonalardagi oynalarni, eşiklarni yop;

- Yetib kelgan öt öçiruvçilarning barça buyruqlarini bajar, ularga qölingizdan kelguniça yordam ber.

Ma’muriyatning ruxsatisiz bolalar yonğinni öçirişda va mol-mulkni qutqarişda iştirok etmaydi.

ÖT ÖÇIRGIÇ BILAN IŞLAŞ USULLARI:

Yonğin öçirayotgan modda oqimi uzunligidan oşmaydigan masofada olovga yaqinlaş (oçiq joyda şamolga röpara tomondan).
Devorda (konstruksiyada) yonğin öçirayotgan modda oqimini pastdan tepaga harakat qilgan holda yonğinning yuqori qismidan zigzag şaklida yönaltir.
Tekis yuzada yonğin öçirayotgan modda oqimini yonğinning asosiy qismiga yönaltir.
Zarur bölganda yonğinni bir neça öt öçirgiç bilan öçir.
Yonğin çuqurlaşgan joyda yonğin öçirayotgan modda oqimini yonğinning yuqori qismidan yönaltir.
Yonğinni öçirgandan söng yonğin qaytadan sodir bölmasligini nazorat qil.

YÖL HARAKATI XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA RIOYA QIL:

Harakatkanayotgan maşinalar oldidan köçani çopib kesib ötma.
Yöldan faqat svetoforning yaşil çiroği yonganida öt.
Köçaning maşina yuradigan qismida öynaş man etiladi.
Köçani yerosti yöli orqali kesib öt.
Köçani piyodalar yölçasi orqali kesib öt (zebra - piyodalar yuradigan çiziq).
Agar yöldan ötişga ulgurmagan bölsang köçaning markaziy çiziğida töxta va svetoforning yaşil çiroği yonişini kut.

XAVFSIZLIK SABOQLARI:

Iflos qöllar bilan ovqat yema.
Suyuqlik va dorilarni tatib körma.
Elektr tokidan ehtiyot böl.
Qarovsiz jonivorlar bilan öynama.
Notaniş kişilarga eşik yoki derazani oçma.
Ötkir va kesadigan narsalarni öynama.